Umumiy ma'lumotlar
- Viloyat bolalar kutubxonasi 1965 yilda tashkil qilingan. Kutubxona jamg`armasi 17548 nusxa kitobdan iborat bo`lgan. Kutubxonada 8ta xodim ishlagan. Kutubxonaga dastlab T.T. Andreeva rahbarlik qilgan. Viloyat Bolalar kutubxonasi viloyatdagi barcha maktab kutubxonalariga metodik markaz hisoblanadi.
- Viloyat Bolalar kutubxonasi Urganch shahrida joylashgan. 140288 ta aholidan 11214 tasini qamrab olgan. Shundan: Aholi 8%, 16 yoshgacha 8981ta, 16 yoshdan yuqori 2233tani tashkil etadi.
- Hozirgi kunda Bolalar kutubxonasi yangi jihozlar, texnik vositalar va yangi adabiyotlar, matbuot nashrlari bilan muntazam ravishda ta’minlanib borilmoqda. Umumiy kitob fondi 107756 nusxa bo`lib, shundan qog`ozli kitoblar 95756dona, elektron kitob va darsliklar 12000 donani tashkil etadi.
Blog
Yangiliklar
#Madhiyamiz_el_faxrimiz
Xorazm viloyati Xonqa tumani MMTB ga qarashli 31-sonli umumiy o'rta ta‘lim maktabda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan videoroliklar ishlandi. "Madhiyam— faxrim " haftaligi doirasida madhiya tarixi haqida o‘quvchilarga ma‘lumotlar berildi. Darslar madhiyani kuylash bilan boshlandi.
#Madhiyamiz_el_faxrimiz
Xorazm viloyati Qoʻshkòpir tumani 25-sonli umumiy òrta ta'lim maktabining 4-A sinf óquvchilari Axborot -kutubxona markazida Òzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunining 33-yilligiga bagʻishlab "Madhiyamiz - el faxrimiz" mavzusida ma'naviy tadbir bólib òtdi.
📚"YOSH KITOBXON-2025"
Shovot tumani Bo'ston mahallsida joylashgan 44-son umumiy o'rta ta'lim maktabida 📚“Yosh kitobxon” tanlovining mahalla bosqichi bo'lib o'tdi. Tanlovda 10-14, 15-19 va 20-30 yosh toifasidagi 52 nafar iqtidorli, kitobxon yoshlar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi. Birmuncha murakkab va qiziq savollarga boy bo'lgan tanlov yakunida g'olib bo'lganlar keyingi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi. Kitob — insonning eng yaqin do'sti va maslahatchisi, aql qayrog'i va bilim manbaidir. Siz ham kitob o'qib elektromobil sohibi bo'ling.